Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 963.16 +49.81 EUR 13 390.36 +61.70 RUB 142.33 −0.06

Endi ovchilik guvohnomasini olish uchun maxsus oʻquv kursini oʻqish talab etiladi

5a8mt0pPJS8oEfK

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalarining yigʻilishlarida “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga respublikada ov qilish va ovchilik xoʻjaliklari faoliyatini yanada takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasi muhokama qilindi.

 

Unga koʻra, ovchilik guvohnomasi 18 yoshga toʻlgan, ovchilik boʻyicha maxsus oʻquv kursini oʻqigan fuqarolarga 2-yil muddatga beriladi.

 

Loyihada ov qilish jarayonlarini tizimlashtirish, ovchilik xoʻjaliklari faoliyati yanada takomillashtirish hamda sohaga oid munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishga qaratilgan normalar belgilanmoqda.