Aholi narxlar 9,1 foiz oshishini kutmoqda: oila byudjetiga ta’siri qancha
O‘zbekiston aholisi kelgusi 12 oyda narxlar o‘rtacha 9,1 foizga oshishini kutmoqda — bu mart oyidan buyon birinchi o‘sish. Rasmiy yillik inflyatsiya esa 6,5 foiz: odamlar kutayotgan qimmatchilik haqiqiy ko‘rsatkichdan 2,6 foiz punkt yuqori.
