2025 yilning birinchi yarmida mamlakat umumiy tashqi qarzi 72,2 milliard dollarga etdi.
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, davlat tashqi qarzi 36,8 mlrd dollarni, korporativ tashqi qarz esa 35,4 mlrd dollarni tashkil qilmogda. Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan tashqi qarz miqdori esa 1 907 dollarni tashkil etmogda.
2024-yilga nisbatan tashqi qarz hajmi 15,6 mlrd dollarga oshgan. Faqatgina aprel–iyun oylarida qarz 3,8 mlrd dollarga ko‘paygan.
Yil yakuniga qadar davlat qarzining 45,1 mlrd dollarga yetishi, 2026-yilda esa 53 mlrd dollardan oshishi prognoz qilinmogda. Bu esa yalpi ichki mahsulotga nisbatan 37,9 foiz atrofida bo‘lishi mumkin.