Xususiylashtirish dasturiga muvofiq, Turkiya kompaniyasi SamAuto’dagi 75,2 foiz davlat ulushini 80 mln AQSh dollariga sotib oladi hamda unga yana 80 mln dollar miqdorida investitsiya kiritadi.
Investitsiya majburiyati doirasida Oʻzbekistonda katta sigʻimli (12–18 metrli) avtobuslar va elektrobuslar ishlab chiqarish, mamlakat boʻylab litsenziyalangan servis markazlarini tashkil etish hamda avtobuslarni Markaziy Osiyo, Janubiy Kavkaz, Yaqin Sharq va Afrikaga eksport qilish koʻzda tutilgan.