Elektron pochta: jarayonuz@gmail.com

Kurs UZS USD 12 022.92 +52.25 EUR 13 843.19 +94.88 RUB 148.14 +0.55

Qashqadaryoda 1,5 mlrd kub metr hajmdagi yerosti gaz saqlash ombori quriladi

Qashqadaryo viloyati Koson tumanida gazni yer ostida saqlash inshooti quriladi. Bu haqda Gazeta.uz Energetika vazirligidagi manbasiga tayanib xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, Energetika vazirligi va Xitoyning China National Petroleum Corporation o‘rtasida gazni yer ostida saqlash inshootini barpo etishda dastlabki tadqiqot ishlarini amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik memorandumi imzolandi.

 

Inshoot «Qorabayir» koni negizida quriladi. Dastlabki ilmiy-tadqiqot o‘rganishlari natijasida «Qorabayir» konining XII gorizonti GeSIni barpo etish uchun maqbul obekt sifatida taklif qilingan.

 

Ushbu «Qorabayir» konida rejalashtirilayotgan GeSIda — 1 mlrd 500 mln kub metr hajmdagi aktiv tabiiy gazni saqlash imkoniyati yaratiladi.

 

2024 yil oktabr oyida energetika vaziri mamlakatda ikkita yerosti gaz saqlash omboridan — «Gazli» va «Xo‘jaobod»dan foydalanilayotganini aytgandi.

 

Bundan tashqari, Mirzamahmudov «So‘x» gaz ombori bo‘yicha esa ishchi guruh tuzilgan bo‘lib, o‘rganish ishlari olib borilayotganini qayd etgandi. Uning aytishicha, mazkur gazni saqlash ombori Qirg‘iziston hududida joylashgan bo‘lib, kompressorlar va boshqa texnologik uskunalar esa O‘zbekiston hududida hisoblanadi.