«Manchester Siti»ning rasmiy Instagram sahifasida klub bosh murabbiyi Pep Gvardiolaning o‘zbekistonlik himoyachi haqidagi fikrlari e’lon qilindi.
Unda shunday deyiladi:
«U markazda o‘ynay oladi, himoyaning chap qanotidan boshqa istalgan pozitsiyalarda o‘ynay oladi, deb aytgan bo‘lardim…
Ha, u hujumda ko‘p vaziyat yarata olmasligi mumkin, ammo uning o‘yini o‘ta ishonchli va barqaror. Uning jismoniy imkoniyatlari, ortga qaytish [tezligi] xuddi Kayl [Uolker]ning praym davrlarini yodimga soladi!
U g‘oyat e’tiborli, juda yosh, o‘rganishga intiladi. Biz duch kelgan kuchli, jiddiy raqiblarga qarshi u haqiqatan ham a’lo o‘yin ko‘rsatdi.
U juda yosh bo‘lishiga qaramay, avvaliga O‘zbekistondan Fransiyaga kelib moslashdi, keyin bu yerga kelgach, biz uchun qiyin bo‘lgan mavsumda tezda jamoaga kirishib ketdi…
Agar yangi joyga kelganingda hammasi joyida bo‘lsa, moslashish oson kechadi. Ammo bizda unday emasdi. Bizda bor harakatlar va uslublarni u aqlbovar qilmaydigan darajada tez o‘rganmoqda.
O‘ylaymanki, u klub so‘nggi bir necha yillar davomida sotib olgan eng yaxshi futbolchi ekanini tez orada tushunib yetasiz. Bu yigit hali uzoq vaqt ‘Manchester Siti’da qoladi».