Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

  • Bosh sahifa
  • Jamiyat
  • Pensiya yoshi oshirilishi haqidagi xabarlarga rasmiy munosabat bildirildi
Jamiyat

Pensiya yoshi oshirilishi haqidagi xabarlarga rasmiy munosabat bildirildi

Gulhayo Naimova 26.06.20251 daqiqa o'qiladi
1236

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonda pensiya yoshini oshirish taklif etilayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Pensiya jamg‘armasi bu borada rasmiy munosabat bildirdi.

Rasmiylarga ko‘ra, hozirda O‘zbekistonda pensiya yoshini oshirishga oid hech qanday yakuniy qaror qabul qilinmagan. Xalqaro ekspertlar tomonidan pensiya islohotlariga oid berilgan takliflar faqat tahlil qilinmoqda.

Ushbu takliflar O‘zbekiston sharoitiga mosligi, aholining turmush darajasiga ta’siri va iqtisodiy oqibatlari nuqtai nazaridan ko‘rib chiqilmoqda, deyiladi bayonotda.

Har qanday o‘zgarishlar, jumladan pensiya yoshiga oid masalalar, faqat keng jamoatchilik muhokamasidan so‘ng, aholining fikri va manfaatlarini hisobga olgan holda bosqichma-bosqich joriy etiladi.

Rasmiylar fuqarolarga pensiya ta’minoti bilan bog‘liq haqiqiy ma’lumotlarni faqat ishonchli, rasmiy manbalardan olishni tavsiya qildi.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *