Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

Jamiyat

Toshkent viloyatida kadastr xodimi pora olayotganda qo‘lga olindi

Gulhayo Naimova 23.06.20251 daqiqa o'qiladi
110

Toshkent viloyati, Oqqo‘rg‘on tumanidagi Davlat kadastrlari palatasi muhandisi 2024 yilda qabul qilingan “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari va ularda qurilgan inshootlarga bo‘lgan huquqlarni tan olish to‘g‘risida”gi qonun asosida, noqonuniy egallab olingan 9 sotix yer maydoniga egalik guvohnomasini rasmiylashtirib berish va uy-joy qurishga ruxsat olib berish evaziga mahalliy fuqarodan 1200 AQSh dollari talab qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmati Toshkent viloyati boshqarmasi va Ichki ishlar vazirligining Jinoyat-qidiruv departamenti tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, kadastr muhandisi so‘ralgan pul mablag‘ini olayotgan paytda, ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom etmoqda.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *