Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 935.37 +23.66 EUR 13 432.07 +112.40 RUB 145.58 −0.91

“Cobalt» yutdingiz!” – firibgarlikning yangi usuli fosh boʻldi

“Cobalt" yutdingiz!” – firibgarlikning yangi usuli fosh boʻldi

Surxondaryo viloyati, Shoʻrchi tumanida yashovchi 2004- va 2005-yillarda tugʻilgan ikki yigit “Telegram” messenjerida soxta “Shou” botini ishga tushirib, fuqarolarni yutuq vaʼdasi bilan chuv tushirdi. Bu haqda “Millar” dasturi orqali xabar berildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ular Denov tumanida yashovchi bir fuqaroning telegram profiliga “Cobalt” avtomobilini yutib olgani haqida xabar yuborishgan. Soxta yutuqqa ishongan fuqaro 8 mln. 120 ming so‘mni ularning plastik kartasiga o‘tkazgan. Yigitlar umumiy hisobda 17 mln. 620 ming so‘m moddiy zarar yetkazgani aniqlangan.

Jabrlanuvchi keyinchalik firibgarlikka uchraganini anglab, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilgan. Tez orada firibgarlar qo‘lga olindi.

Sud hukmiga ko‘ra, ularga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “b” bandi asosida 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari tayinlandi. Shuningdek, ularning ish haqining 20 foizi davlat daromadiga ushlab qolinadi.

 

Soxta yutuqni qanday tanib olish mumkin?

 

Haqiqiy tanlov va o‘yinlar g‘olibdan sovrinni olish uchun oldindan pul — «soliq», «rasmiylashtirish» yoki «yetkazib berish» to‘lovini so‘ramaydi. Ishtirok etmagan tanlovingizda yutib olganingiz haqidagi xabar ham shubha uyg‘otishi kerak.

 

Bunday xabar kelsa nima qilish kerak?

 

— hech qanday pul o‘tkazmang va karta ma’lumotlari yoki SMS kodlarni bermang;

 

— tanlovni o‘tkazgan deb aytilayotgan tashkilotning rasmiy sayti yoki rasmiy kanalidan tekshiring;

 

— botlar va akkauntlar nomi rasmiy brendga o‘xshatib yaratilishi mumkinligini unutmang;

 

— firibgarlikka uchragan bo‘lsangiz, darhol bankingizga qo‘ng‘iroq qiling va 102 raqami orqali huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qiling.