Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

Jamiyat

Toshkentda sifatsiz va noqonuniy dorilar savdosiga chek qo‘yildi

Gulhayo Naimova 18.06.20252 daqiqa o'qiladi
112

Toshkent shahrining Olmazor tumanida sifatsiz va davlat ro‘yxatidan o‘tmagan dori vositalarini noqonuniy savdoga chiqarishga urinish fosh etildi.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir chog‘ida fuqaro (1949 y.t.) va uning o‘g‘li (1979 y.t.) yashayotgan xonadondagi yer osti omboridan umumiy qiymati 1 milliard so‘mdan ortiq bo‘lgan 3615 dona dori vositasi aniqlandi. Dorilar 72 xil nom ostida, jumladan “Тренакса”, “Сумамигрен”, “Фемилекс” kabi preparatlardan iborat bo‘lgan.

Tergovga qadar tekshiruvda aniqlanishicha, otasi va o‘g‘li bu dorilarni noqonuniy ravishda mamlakatga olib kirib, viloyatlardan arzon narxda xarid qilgan va Toshkentda mijozlarga sotib kelgan.

“Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” xulosasiga ko‘ra, aniqlangan dorilarning barchasi davlat reyestrida ro‘yxatga olinmagan, ularga moslik sertifikati rasmiylashtirilmagan va saqlash sharoitlari talabga javob bermagan. Shu sababli ularni saqlash, tashish, sotish va tibbiyotda qo‘llash qat’iyan taqiqlanadi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25 orqali 186 prim 3-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi va tergov ishlari davom etmoqda.

Shuningdek, Departament tomonidan Toshkentdagi dorixonalardan birida o‘tkazilgan reyd davomida yana bir noqonuniy faoliyat aniqlangan. Dorixonada 456 turdagi 57 407 dona dorilar, 18 turdagi 835 dona bo‘sh qutilar va 1 dona dori tayyorlovchi moslama topilgan. Dorilar muomala hujjatlarisiz saqlanayotgan bo‘lib, ularning umumiy qiymati 3,5 milliard so‘mga baholangan.

Ekspert xulosasiga ko‘ra, topilgan dori vositalarining 160 turi davlat reyestrida qayd etilmagan, 274 turiga moslik sertifikati rasmiylashtirilmagan, 50 turi sifatsiz yoki muddati o‘tgan, 7 turi esa qalbakilashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan dorixona mansabdor shaxslari va boshqa shaxslar ustidan Jinoyat kodeksining 186 prim 3-moddasi 3-qismi “a” bandi asosida jinoyat ishi ochildi, tergov ishlari olib borilmoqda.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *