Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 935.37 +23.66 EUR 13 432.07 +112.40 RUB 145.58 −0.91

Qashqadaryoda soliq idorasi mansabdori pora olayotgan paytda ushlandi

Qashqadaryoda soliq idorasi mansabdori pora olayotgan paytda ushlandi

Qamashi tumanida yashovchi, ilgari sudlangan fuqaro 360 million soʻmlik soliq qarzini toʻlamagan holda bankrot deb topilgan gʻisht ishlab chiqaruvchi MChJ faoliyatini qayta tiklash evaziga korxona rahbaridan 4 ming AQSh dollari miqdorida pora talab qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmati (DXX)ning Qashqadaryo viloyati boshqarmasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda mazkur shaxs 3 ming dollarni avans sifatida olayotgan vaqtida qoʻlga olindi.

Tergov davomida aniqlanishicha, ushbu noqonuniy harakatga Qamashi tuman soliq inspeksiyasi boshligʻining oʻrinbosari ham aloqador boʻlgan. U ham 3 ming dollar pora olayotgan paytda barcha ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olindi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan ikki shaxsga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.