Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

  • Bosh sahifa
  • Sport
  • Bugun Oʻzbekiston milliy terma jamoasi jahon chempionatiga chiqishi mumkin
Sport

Bugun Oʻzbekiston milliy terma jamoasi jahon chempionatiga chiqishi mumkin

Abrambek Azimov 05.06.20251 daqiqa o'qiladi
2117

Bugun jahon chempionati 3-saralash bosqichi 9-turidan oʻrin olgan BAA – Oʻzbekiston uchrashuvi boʻlib oʻtadi. Ushbu bahs Oʻzbekiston terma jamoasi uchun tarixiy ahamiyatga ega boʻlishi mumkin. Chunki bugungi uchrashuvda Oʻzbekiston terma jamoasi gʻalabani qoʻlga kiritsa, jahon chempionati yoʻllanmasini naqd qiladi. Shuningdek ushbu uchrashuvdagi durrang ham terma jamoamizga mundial yoʻllanmasini kafolatlaydi.

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da Abu Dabidagi “Al Nahyan” stadionida start oladi.

Statistikalarga ixtisoslashgan wildstat.ru portalida Oʻzbekiston va BAA terma jamoalari oʻzaro 16 marotaba kuch sinashgani qayd etilgan. Bu bahslarda arablar yetti bor, oʻzbeklar besh marotabadan gʻalaba qozongan. Yana toʻrtta uchrashuvda kuchlar teng kelgan.

Jami 16 ta uchrashuvdan beshtasi jahon chempionatlari saralash turnirlariga toʻgʻri kelgan. Bu bellashuvlardan uchtasida raqib terma jamoaning qoʻli baland kelgan, bir bor tomonlar durangga rozi boʻlgan. 2024-yilning oktyabriga toʻgʻri kelgan soʻnggi rasmiy uchrashuvda omad O’zbekiston terma jamoasiga kulib boqqan edi. O’shanda Otabek Shukurovning penaltidan urgan goli, bizga g’alaba keltirgan edi.

Eslatib oʻtamiz, bugungi bahsni avstraliyalik FIFA referisi Shon Evans boshqarib boradi, unga qanotlarda hamyurtlari Jorj Lakrindis va Ouyen Goldrik yordam beradi. 4-rasmiy hakam sifatida Jonatan Barreyro, VARda esa Aleksandr King ishlaydi.

img

Biz bilan bir jarayonda bo'ling!

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *