Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

Fan-texnika

Yaponiya internet tezligida dunyo rekordini o‘rnatdi: 1 soniyada 1 million gigabayt

Gulhayo Naimova 01.06.20251 daqiqa o'qiladi
25

Yaponiya tadqiqotchilari internet tezligi bo‘yicha yangi jahon rekordiga erishdi. Ular soniyasiga 1 petabayt — ya’ni 1 million gigabayt — ma’lumot uzatishga muvaffaq bo‘ldi.

Bu texnologiya bilan bir soniyada 10 000 dan ortiq 4K formatdagi filmlarni yuklab olish mumkin.

Rekord 1808 kilometr masofaga ma’lumot yuborish orqali o‘rnatildi. Tajriba uchun ishlatilgan optik tolali kabel tashqi tomondan oddiy ko‘rinsada, uning ichida parallel ishlaydigan 19 ta alohida kanal mavjud. Har bir kanal ma’lumotlarni yuqori tezlikda uzatishga xizmat qiladi.

Tadqiqotchilar bu texnologiyani sun’iy intellekt tizimlari, global ma’lumot markazlari va ilmiy hisoblash tarmoqlarida qo‘llashni rejalashtirmoqda. Mutaxassislarning fikricha, bu yutuq internetning kelgusi avlodlari — jumladan, 6G tizimlari uchun poydevor bo‘lishi mumkin.

Yaponiyalik muhandislar bu natijani milliy texnologiya institutlari bilan hamkorlikda olib borgan sinovlar asosida qayd etdi. Texnologiya hozircha laboratoriya sharoitida sinovdan o‘tkazilgan bo‘lsa-da, yaqin kelajakda real dunyoda tatbiq etilishi kutilmoqda.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *