Asosiy matnga o'tish
23-Noyabr, Dushanba
Texnologiya 1 daqiqa o'qish

Taomga tuzsiz shoʻr taʼm beruvchi qoshiq ixtiro qilindi

Taomga tuzsiz shoʻr taʼm beruvchi qoshiq ixtiro qilindi

Yaponiyaning «Kirin Holdings» kompaniyasi Las-Vegasda bo‘lib o‘tgan iste’mol elektronikasiga oid ko‘rgazmada noodatiy ixtiro bilan ishtirok etdi: bu qoshiq taomga tuz qo‘shmasdan sho‘r ta’m beradi, lekin buning uchun tilga yengil, kuchsiz elektr toki yuboriladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Elektron tuzli qoshiq deb nomlangan bu qoshiq foydalanuvchining tiliga zaif elektr toki yuborish orqali taomdagi sho‘r va umumiy lazzatni kuchaytiradi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Ammo bu jarayonda natriy (tuz) miqdori oshmaydi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

AQShda aholining taxminan 90 foizi tavsiya etilgan me’yordan ko‘proq tuz iste’mol qiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Bunday parhez yurak xastaligi, yuqori qon bosimi va insult xavfini oshiradi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Tadqiqotlarga ko‘ra, kuniga atigi bir choy qoshiq tuzni kamaytirish, qon bosimini tushiruvchi dorilar kabi ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Mazkur qoshiq ilk bora 2019-yilda Yaponiyada ortib borayotgan tuz iste’moliga javoban ishlab chiqilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Tijorat versiyasi esa 2024-yilda Yaponiyada taqdim etildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Meiji universiteti olimlari tomonidan o‘tkazilgan so‘rovda, kam tuz iste’mol qilayotgan odamlarning 80 foizi ovqatning ta’midan norozi ekanini bildirgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Ayniqsa, ular orasida ramen va miso sho‘rvasidan voz kechishga majbur bo‘lganlar ko‘pchilikni tashkil etgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Mazkur qoshiq ana shu muammoni hal etishga harakat qiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Qurilma to‘rtta “sho‘rlik darajasi”ni tanlash imkonini beradi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Elektr toki qoshiq uchidan va tutqichining ichki qismlaridan o‘tib, taom orqali tilga uzatiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

CES ko‘rgazmasida tashrif buyuruvchilar bu elektrli qoshiqni bevosita sinab ko‘rishdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

«USA Today» sharhlovchisi Jennifer Jolly uning yordamida sho‘rvaning ta’mi oddiy qoshiqdagiga qaraganda ancha sho‘r tuyulganini aytdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Biroq u va boshqa sinovchilar qurilmaning og‘irligi va faqat to‘g‘ri holatda ishlashini tanqid qilishdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Mavzuga oid

Texnologiya