10-noyabr kuni kechki payt Toshkent shahrida yog‘ayotgan yomg‘ir fonida avtomobil yo‘llarida kuchli tirbandlik kuzatilmoqda. Poytaxtdagi tirbandlik darajasi maksimal 10 ballga yetgan.
Yo‘l harakati xaritasiga ko‘ra, shahar markazi va unga tutash ko‘plab asosiy ko‘chalarda transport harakati sezilarli darajada sekinlashgan. Ayrim yo‘l uchastkalari qizil va to‘q qizil ranglarda aks etgan.
Ayni paytda Toshkentda havo harorati +12 darajani tashkil etmoqda, yomg‘ir yog‘moqda. Yog‘ingarchilik kechasi soat 02:00 atrofida to‘xtashi prognoz qilinmoqda.
Kuchli yomg‘ir yo‘llarda avtomobillar harakatining sekinlashishiga ta’sir qilgan bo‘lishi mumkin.
Tirbandlik darajasi soat 19:00 da 9 ball, 20:00 da 7 ball, 21:00 da esa 4 ballgacha pasayishi prognoz qilinmoqda.
