Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 911.71 −29.94 EUR 13 319.67 −63.34 RUB 146.49 −1.16

O‘zbekistonda 900 milliard so‘mlik gaz va elektrdan noqonuniy foydalanish aniqlandi

91j4jk16964138594902 l

2026-yil davomida O‘zbekistonda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish va qoidabuzarliklar oqibatida davlat manfaatlariga 900,3 milliard so‘mlik zarar yetkazilgani aniqlandi. Bu haqda O‘zenergoinspeksiya tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

 

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning shu vaqtiga qadar o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish va belgilangan qoidalarni buzish bilan bog‘liq 3 060 ta holat aniqlangan.

 

Tekshiruvlar davomida 144,3 million kub metr tabiiy gaz va 243,1 million kilovatt-soat elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgani ma’lum bo‘lgan.

ANIQLANGAN JAMI ZARAR
900,3 mlrd so‘m
Elektr energiyasi
459,1 mlrd so‘m
Tabiiy gaz
441,2 mlrd so‘m

Zarar miqdorining energiya resurslari bo‘yicha taqsimoti. Manba: O‘zenergoinspeksiya.

Xususan, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish oqibatida yetkazilgan zarar 441,2 milliard so‘mni, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish natijasidagi zarar esa 459,1 milliard so‘mni tashkil etgan.

 

Shu tariqa, aniqlangan jami zararning qariyb 51 foizi elektr energiyasi, qolgan 49 foizi tabiiy gaz bilan bog‘liq holatlarga to‘g‘ri kelmoqda.

 

4,6 mingdan ortiq ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan

 

Inspeksiya ma’lumotlariga ko‘ra, iste’molchilar tomonidan energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar yuzasidan 4 629 ta ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

 

Mazkur ko‘rsatkichlar elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish ustidan olib borilgan davlat nazorati natijalarini aks ettiradi.

 

Biroq aniqlangan 900,3 milliard so‘mlik zararning qancha qismi undirilgani yoki mazkur huquqbuzarliklar bo‘yicha nechta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani taqdim etilgan ma’lumotlarda ochiqlanmagan.

 

Shuningdek, qoidabuzarliklar qaysi hududlarda ko‘proq qayd etilgani va ularning qanchasi aholi hamda tadbirkorlik subyektlari hissasiga to‘g‘ri kelishi haqida ham alohida ma’lumot keltirilmagan.