Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 941.65 −81.81 EUR 13 383.01 −78.46 RUB 147.65 −1.79

Tailand O‘zbekiston fuqarolari uchun 15 kunlik vizasiz rejimni qayta tiklamoqchi

63bb4a49a31057c4b4b2ea0f

Tailand hukumati O‘zbekiston fuqarolari uchun 15 kunlik vizasiz kirish tartibini qayta tiklash masalasini ko‘rib chiqmoqda. Tegishli taklif mamlakatning Turizm siyosati bo‘yicha milliy qo‘mitasi tomonidan qo‘llab-quvvatlangan.

 

Pattaya People nashrining xabar berishicha, 30-oktabr kuni Tailand bosh vaziri o‘rinbosari Suphadji Suthumpun raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda xorijiy sayyohlar uchun viza tartibini soddalashtirish masalalari muhokama qilingan.

 

Xususan, Meksika va Kolumbiya fuqarolari uchun 30 kungacha vizasiz kirish imkoniyatini yaratish taklifi ma’qullangan. Shuningdek, O‘zbekiston va Belarus fuqarolari uchun ham vizasiz tartibni qayta joriy etish tashabbusi ilgari qo‘llab-quvvatlangani ma’lum qilingan.

 

The Nation nashriga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolari uchun 15 kunlik vizasiz rejimni tiklash taklif etilmoqda. Mazkur masala 9-noyabr kuni Tailandning Viza siyosati bo‘yicha qo‘mitasida ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan.

 

Eslatib o‘tamiz, 2026-yil 15-sentabrdan Tailand O‘zbekiston fuqarolari uchun amal qilib kelgan 60 kunlik vizasiz rejimni bekor qilgan edi. Shuningdek, mamlakatga yetib borgandan keyin 15 kunlik viza olish imkoniyati ham tugatilgan.

 

Tailand hukumati mazkur tashabbuslar orqali xorijiy sayyohlar oqimini ko‘paytirish, turizm sohasini rivojlantirish hamda mamlakatga kirish tartibini soddalashtirishni maqsad qilgan.

 

O‘zbekiston fuqarolari uchun 15 kunlik vizasiz rejimni tiklash bo‘yicha yakuniy qaror 9-noyabrdagi muhokamalardan so‘ng ma’lum bo‘lishi kutilmoqda. Hozircha amaldagi viza talablari o‘zgarishsiz qolmoqda.