Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 935.37 +23.66 EUR 13 432.07 +112.40 RUB 145.58 −0.91

Yangi «shajara» tizimi orqali ming yil oldingi ajdodlarni ham aniqlash mumkin bo’ladi

Yangi "shajara" tizimi orqali ming yil oldingi ajdodlarni ham aniqlash mumkin bo'ladi

2026-yil 1-sentyabrdan fuqarolarning oilaviy shajaralari boʻyicha maʼlumotlarni onlayn taqdim etuvchi “Shajara” axborot tizimi joriy etiladi.

 

“Shajara” axborot tizimida quyidagi imkoniyatlar yaratiladi, jumladan:

 

—“FHDYOning yagona elektron arxivi” axborot tizimidagi dastlabki maʼlumotlar, davlat arxivlari hamda idoraviy arxivlarda saqlanayotgan arxiv hujjatlari asosida oila shajarasi boʻyicha maʼlumotlarni shakllantirish xizmatini koʻrsatish;

 

—X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining DNK maʼlumotlari xizmati orqali fuqarolarning etnik kelib chiqishi haqidagi maʼlumotlarni aniqlash.

 

Oila shajarasini shakllantirish xizmati davlat xizmatlari markazlari hamda YAIDXP (my.gov.uz) orqali quyidagi davrlar boʻyicha koʻrsatiladi:

 

IX asrdan – 1917-yilgacha;
1918-yildan – 1945-yilgacha;
1946-yildan – hozirgi kunga qadar.

 

Shuningdek o‘qing:
— Olimlar 10 ming yil avval qirilib ketgan vahshiy bo‘rini tiriltirganini da’vo qilmoqda. Ammo bunga ishonsa bo‘ladimi?
— Uyqudan avval telefonga ko’p qarash infarkt va insultlga sabab boʻladi
— Oʻzini-oʻzi band qilgan fuqarolar qanday qilib ish stajiga ega boʻladi?