Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 838.92 −64.23 EUR 13 248.94 −80.21 RUB 147.05 +0.30

Oʻzini-oʻzi band qilgan fuqarolar qanday qilib ish stajiga ega boʻladi?

64ec937ae614864ec937ae6149169322585064ec937ae614664ec937ae6147

Agar siz oʻzini-oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtsangiz va belgilangan miqdorda ijtimoiy soliqni toʻlab borsangiz, har bir ijtimoiy soliq toʻlagan yil sizga “ishlangan yil” sifatida mehnat stajiga hisoblanadi.

 

Maʼlumot uchun: oʻzini-oʻzi band qilgan shaxslarga bir yil uchun ijtimoiy soliq miqdori — bazaviy hisoblash miqdorining bir barobari (bugungi kunda 412 ming soʻm).

 

Eslatma: mazkur imkoniyat faqat oʻzini-oʻzi band qilgan shaxslar uchun joriy etilgan.

 

Buni amalga oshirish uchun ikki qadam kifoya.

 

Birinchi qadam. My.gov.uz platformasida onlayn shaklda yoki Davlat xizmatlari markazlariga borgan holda roʻyxatdan oʻtiladi. Onlayn roʻyxatdan oʻtish uchun havola: https://my.gov.uz/uz/service/491

 

Maʼlumot uchun: Oʻzini oʻzi band qilish uchun 104 turdagi mehnat faoliyatlari roʻyxatidan oʻziga tegishli mehnat faoliyati turi tanlanishi kerak (Ushbu mehnat faoliyatlari bilan bu yerda tanishing).

 

Ikkinchi qadam. Soliq organlarida yoki “Soliq”, “Xazna”, “Click” mobil ilovalari orqali onlayn ijtimoiy soliq toʻlovini amalga oshiriladi.

 

Qonunchilikka asosan, 7-yil ish stajiga ega boʻlmagan fuqarolar pensiya olish huquqiga ega boʻlmaydi.

 

Xulosa qiladigan boʻlsak, kelajakda pensiya olishingiz uchun bugun “ikki qadam” qoʻyishingiz kifoya.