Olimlar tungi yorugʻlik taʼsiri jiddiy yurak-qon tomir xastaliklari — infarkt, insult va yurak yetishmovchiligi yuzaga kelish xavfini oshiradi.
Tadqiqotda Buyuk britaniyalik 89 000 odam qatnashgan. Tunda eng yorugʻ nur taʼsirida boʻlgan odamlarning yurak yetishmovchiligiga chalinish xavfi 56%ga, infarktga chalinish xavfi esa 47%ga yuqori boʻlgan.
Ayniqsa, ayollar va yoshlar xavf guruhiga kirishi maʼlum boʻldi: ayollarda tungi yorugʻlik taʼsiri ularning tabiiy kardiohimoyasini zaiflashtirishi tasdiqlandi.
Salomatlik uchun xavfli odatlar sifatida toʻshakda telefondan foydalanish yoki TV koʻrish ham qayd etilgan.
Tadqiqot natijalari tungi yorugʻlik taʼsirida odamning tabiiy sirkad ritmlari buzilishi va yurak zoʻriqishiga sabab boʻlishi haqidagi farazlarni tasdiqlaydi.
Uyqu oldidan qanday odatlar foydali?
Ekranlardan taraladigan yorqin, ayniqsa ko‘k yorug‘lik organizmda uyqu gormoni melatonin ishlab chiqarilishini susaytirishi ma’lum. Shu sababli shifokorlar uyqu gigiyenasiga e’tibor berishni tavsiya qiladi:
— yotishdan 30–60 daqiqa oldin telefon, planshet va televizordan foydalanishni to‘xtating;
— kechqurun ekranlarda tungi rejimni yoqing va yorqinlikni pasaytiring;
— telefonni to‘shakdan uzoqroqqa qo‘ying, xonani imkon qadar qorong‘i qiling;
— har kuni bir vaqtda yotib, bir vaqtda turishga harakat qiling.
Yurak bilan bog‘liq shikoyatlar bo‘lsa, odatlarni o‘zgartirish bilan cheklanmasdan, shifokorga murojaat qilish kerak.
Shuningdek o‘qing:
— Olimlar 10 ming yil avval qirilib ketgan vahshiy bo‘rini tiriltirganini da’vo qilmoqda. Ammo bunga ishonsa bo‘ladimi?
— Uygʻongan zahoti telefondagi bildirishnomalarni koʻrish miya faoliyatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi – tadqiqot
— Oʻzini-oʻzi band qilgan fuqarolar qanday qilib ish stajiga ega boʻladi?
