Tadqiqotlarga ko‘ra, shaharda yashaydiganlar sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘yadi. Chunki shahar tashqarisida yashovchi odamlar depressiya, psixoz va boshqa kasalliklarni kamroq boshdan kechiradi.
Shahar hayotining gavjum jamoat transporti, yo‘llardagi tirbandlik, dam olishga vaqt yo‘qligi stressga sabab bo‘ladi. Agar bu doimiy ravishda davom etsa, odam uyqu buzilishi, bezovtalik va depressiyadan aziyat chekishi mumkin.
Havodagi mayda zarrachalarning surunkali ta’siri nafas olish kasalliklarini keltirib chiqaradi. Masalan, astma yoki surunkali obstruktiv o‘pka kasalligi. O‘pka saratoni rivojlanish xavfi ham ortadi. Bundan tashqari, ifloslangan havo yurak-qon tomir kasalliklarini qo‘zg‘atadi, yuqori qon bosimi yoki yurak xurujiga olib kelishi mumkin.
Shahar aholisi kam harakat qiladi, bu esa semirish sabablaridan biri bo‘lishi mumkin. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, shahar tashqarisida yashovchi va ko‘proq harakat qiladigan odamlar kasallikka kamroq chalinadi.O‘tirgan holdagi turmush tarzi birinchi navbatda surunkali bel og‘rig‘iga sabab bo‘ladi. Shuningdek, organizmda qon aylanishi sekinlashadi. Natijada odam charchaganini his qiladi, bosh og‘rig‘idan aziyat chekadi va diqqatini jamlay olmaydi.
Shaharda yashovchi odamlar mashinalarning baland ovozlari, sirenalar va audio reklamalarni eshitaverib, sezgi organlari zaiflashadi. Bu esa eshitish qobiliyatini yo‘qotish, doimiy charchoq va hatto yuqori qon bosimiga olib keladi. Surunkali shovqin demensiya xavfini oshirishi mumkin. Bu asosan keksa odamlarga ta’sir qiladi.
