Davlat organlarida rahbarning ma’naviyat va davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimi joriy etiladi.
Bu bo‘yicha Prezident qarori qabul qilindi.
Bu lavozim 2026-yil 1-yanvardan boshlab joriy etiladi.
Shuningdek:
-ta’lim qardosh tillarda olib boriladigan umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari uchun o‘zbek tilini o‘rgatish bo‘yicha darsliklarning davriyligi asosida yangi avlodi yaratiladi;
-2026-yildan boshlab maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar uchun “Mening ilk izohli lug‘atcham” rasmli lug‘at kitobi yaratiladi;
-bolalarga o‘zbek tilini o‘rgatish bo‘yicha zamonaviy animatsion video va audio mahsulotlar ishlab chiqiladi;
-Alisher Navoiy nomidagi xalqaro o‘zbek tili olimpiadasi o‘tkazib boriladi. Bunda olimpiada g‘oliblari respublika OTMlarining “filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili va adabiyoti” ta’lim yo‘nalishiga umumiy qabul kvotasidan tashqari davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi;
“O‘zbekiston milliy qomusi” elektron shaklda tayyorlanadi va e’lon qilinadi;
O‘zbek tilini sun’iy intellekt yordamida qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladigan platforma ishlab chiqiladi.
