Elektron pochta: jarayonuz@gmail.com

Kurs UZS USD 12 072.03 +33.35 EUR 14 016.83 −27.49 RUB 148.01 +1.39

Yaponiyada aholiga kuniga 2 soat mobil qurilmadan foydalanishga ruxsat berildi

Shahar meri maktab oʻquvchilarining mobil qurilmalarga qaramligi oshgani sababli cheklov joriy etganini bildirgan.

 

1-oktabrdan boshlab Yaponiya, Toyoake shahrida aholiga ish yoki maktabdan tashqari kuniga atigi ikki soat mobil telefon, planshet, oʻyin pristavkalari va kompyuterlardan foydalanishga ruxsat berildi.

 

​Shahar meri Masafumi Kuoki maktab oʻquvchilarining mobil qurilmalarga qaramligi oshgani sababli bunday cheklov joriy etilganini bildirgan. Merning maqsadi yoshlar orasida texnologiyaga qaramlikni kamaytirish va sogʻlom turmush tarzini ragʻbatlantirishdir.

 

​Qayd etilishicha, yangi qoida ramziy ahamiyatga ega boʻlib, uni nazorat qilish yoki jarima qoʻllash koʻzda tutilmagan. Shu bilan birga, aholiga texnologiyadan meʼyorida foydalanish va vaqtini samarali tashkil etish tavsiya etiladi.