Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 838.92 −64.23 EUR 13 248.94 −80.21 RUB 147.05 +0.30

Oltin qazib olayotgan 37 nafar shaxs qo’lga olindi

rassds 1

«Kontexnazorat« tomonidan Buxoro va Navoiy viloyatlari hududlaridagi obyektlarda xizmat tekshiruvlari olib borildi.

 

Shofirkon tumanidagi «Quljuqtov« va Konimex tumanidagi «Tovshan« togʻ massivlarida joylashgan «Oltin Kon« MCHJ tasarrufidagi hududlarda oʻtkazilgan tekshiruvlar davomida begona shaxslar tomonidan noqonuniy oltin qazib olish holatlari aniqlangan.

 

photo 2025 10 07 10 49 14
Aniqlangan holatlar yuzasidan materiallar DXXga yuborilgan va DXX, viloyat IIB bilan hamkorlikda tezkor choralar koʻrildi. «Quljuqtov« massivida oʻtkazilgan tadbir davomida 37 nafar shaxs noqonuniy faoliyat yuritayotgan paytda qoʻlga olindi.

 

Tadbir davomida, 3 ta Ford avtomashinasi, 8 ta perforator, 6 ta kompressor va tarkibida oltin moddasi mavjud boʻlgan 400 qopga yaqin ruda va boshqa qoʻlbola yasama asbob-uskunalar ashyoviy dalillar sifatida olindi hamda noqonuniy faoliyat orqali davlat va jamiyat manfaatlariga jami 20 mlrd soʻmdan ortiq yetkazilgan zarar aniqlandi.