Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 903.15 −62.36 EUR 13 329.15 −108.12 RUB 146.75 +0.79

AQSH hukumati “grin karta” uchun roʻyxatdan oʻtishni pulli qilmoqda

green card sonuclari aciklandi mi ne zaman aciklanacak 1741020870 381 large

AQSH hukumati “grin karta” lotereyasini oʻynash uchun roʻyxatdan oʻtishni pulli qilishni rejalashtirmoqda.

 

AQSH Davlat departamenti hujjatiga koʻra, endi lotereya oʻynamoqchi boʻlganlar 1 dollar toʻlashlari kerak boʻladi. Yangi tartib joriy mavsumdan kuchga kiradi.

 

Yangi tartib “shubhali shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan asossiz arizalar sonini kamaytirishga” qaratilgan bo‘lib, davlat byudjetiga yiliga qariyb 25 mln dollar daromad keltirishi kutilmoqda.

 

Joriy mavsum — DV-2027 uchun ro‘yxatdan o‘tish 2025-yil oktyabr–noyabr oylarida bo‘lishi kutilmoqda.

 

Ma’lumot uchun, Green Card har yili o‘tkaziladi va AQShda doimiy yashash huquqini qo‘lga kiritish imkonini beradi. Millionlab arizachilar orasida faqat taxminan 50 ming kishi g‘olib bo‘ladi.