Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 839.59 +6.22 EUR 13 569.35 −8.26 RUB 140.42 +0.63

Jizzaxda ham bogʻcha bolalari ovqatdan zaharlangani aniqlandi

photo 2025 10 10 11 11 52

2025-yil 9-oktyabr kuni Forish tumanidagi 1, 3, 5 va 7-sonli davlat bogʻchalarining 3 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan 37 nafar tarbiyalanuvchilari isitma koʻtarilishi, koʻngil aynishi, qorin ogʻrigʻi, ich ketish va holsizlik kabi shikoyatlari bilan tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilishgan.

 

Epidemiologik surishtiruvga koʻra, zaharlanish 8-oktyabr kuni bogʻchalarda berilgan biokefir, sir va sariyogʻ mahsulotlaridan keyin sodir boʻlgan. Sanitariya talablariga rioya qilinmagani — yaʼni ovqat mahsulotlarini tashish va saqlashda qoidalar buzilgani aniqlangan.

 

Bolalarda isitma, qorin ogʻrigʻi, ich ketish va holsizlik belgilari kuzatilgan. Tibbiy tekshiruvlar natijasida ularga “oʻtkir diareya” tashxisi qoʻyilgan.

 

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 205-moddasi 1-qismi boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.