Shavkat Mirziyoyev bugun Nyu-York shahrida “Boeing Global” kompaniyasi prezidenti Brendan Nelson bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Tashrif doirasida imzolangan “Boeing” samolyotlarini yetkazib berish bo‘yicha yangi shartnoma Uzbekistan Airways milliy aviakompaniyasi o‘z tarixidagi eng katta xarid bo‘ldi.
Boeing kompaniyasi bilan tuzilgan 14+8 shaklidagi shartnomaga ko‘ra, 14 ta Boeing 787-9 Dreamliner samolyoti xarid qilinadi va yana 8 ta shu turdagi havo kemasi opsion sifatida olinadi.
Samolyotlarni yetkazib berish 2031-yildan boshlanadi.
Shundan so’ng, AQSH Prezidenti Donald Tramp «Truth Social» ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida quyidagi postni yozib qoldirdi:
«Shu oy boshida men O‘zbekiston Prezidenti hurmatli Shavkat Mirziyoyev bilan suhbatlashgan edim. Bugun men Prezident Mirziyoyevni «Boeing» bilan ULKAN bitim imzolangani bilan tabriklayman!
«Uzbekistan Airways» 8 milliard dollardan ortiq mablag‘ evaziga 22 ta 787 Dreamliner samolyotini xarid qiladi. Bu Qo‘shma Shtatlarda 35 000 dan ortiq ish o‘rinlarini yaratadi. Prezident Mirziyoyev – bir so‘zli inson va biz boshqa ko‘plab masalalar ustida birgalikda ishlashda davom etamiz! Bu masalaga e’tiboringiz uchun tashakkur»
