Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 897.90 +51.33 EUR 13 336.36 +95.45 RUB 140.18 +1.23

Samarqandda PPX inspektori xizmat mashinasida YTH sodir qildi

1920x1080 1

Samarqandda PPX inspektori xizmat mashinasida Damas bilan toʻqnashib, YTH sodir qildi. Holat yuzasidan viloyat IIB rasmiy maʼlumot berdi.

 

Qayd etilishicha, hodisa 9-oktyabr kuni soat 14:15 larda, Samarqand shahri, Buyuk ipak yoʻli koʻchasida sodir boʻlgan. Unda IIB patrul-post xizmati batalyoni inspektori boshqaruvida boʻlgan Nexia-3 rusumli xizmat mashinasi Damas avtomobilining orqa tomoniga kelib urilgan.

 

Natijada Damas oldinda turgan boshqa bir Damas’ga hamda Lacetti’ga toʻqnashib ketgan.

 

Yoʻl-transport hodisasi natijasida inspektor va Damas haydovchisiga tibbiy yordam koʻrsatilib, javob berilgan.

 

Hozirda holat yuzasidan Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.