Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

  • Bosh sahifa
  • Jamiyat
  • Buxoroda sobiq zavod rahbarlari davlatga 19,6 milliard so‘mlik zarar yetkazganlikda ayblanmoqda
Jamiyat

Buxoroda sobiq zavod rahbarlari davlatga 19,6 milliard so‘mlik zarar yetkazganlikda ayblanmoqda

Gulhayo Naimova 13.06.20251 daqiqa o'qiladi
96

O‘zbekistonning Buxoro viloyatida joylashgan “Kogon yog‘ ekstraksiya zavodi” AJning sobiq rahbarlariga nisbatan davlat va jamiyat manfaatlariga katta miqdorda moddiy zarar yetkazganlik aybi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi ma’lum qildi.

Rasmiylarning bildirishicha, 2021–2022 yillarda zavod “O‘zsanoatqurilishbank” ATBning To‘qimachilik bo‘limidan 30,5 milliard so‘m kredit olgan. Bino-inshootlar garovga qo‘yilgan bo‘lib, ular umumiy 150 ming kvadrat metr maydonga ega va 50 milliard so‘mga baholangan.

Tergovga ko‘ra, sobiq rahbarlar kredit olish jarayonida hujjatlarga yolg‘on ma’lumotlar kiritgan, jamiyat kuzatuv kengashi roziligisiz hujjatlarni rasmiylashtirgan va bankka soxta ma’lumotlar taqdim etgan.
Kredit mablag‘lari maqsadsiz va samarasiz ishlatilgani oqibatida jamiyat va bank tizimiga qariyb 19,6 milliard so‘m zarar yetkazilgan.

Hozirda Jinoyat kodeksining tegishli moddalari asosida jinoyat ishi ochilgan, tergov harakatlari davom etmoqda.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *