Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

  • Bosh sahifa
  • Jamiyat
  • Toshkent viloyatida 17 yoshli o‘smir o‘z sinfdoshi tomonidan pichoqlab o‘ldirildi
Jamiyat

Toshkent viloyatida 17 yoshli o‘smir o‘z sinfdoshi tomonidan pichoqlab o‘ldirildi

Gulhayo Naimova 10.06.20251 daqiqa o'qiladi
98

Toshkent viloyatining Chinoz tumanida 17 yoshli o‘smir yigit sinfdoshi tomonidan pichoqlab o‘ldirildi. Bu haqda mahalliy “Millar” dasturi orqali xabar berildi.

Fojia 2025-yil 6-iyun kuni kechki payt sodir bo‘lgan. Marhumning onasi jurnalistlarga bergan bayonotida o‘g‘li sinfdoshlari bilan uchrashish maqsadida uydan ruxsat so‘raganini aytgan. Onaning so‘zlariga ko‘ra, o‘g‘li chiqib ketganidan atigi 10 daqiqa o‘tmay, u mudhish xabarni eshitgan.

Voqeadan xabar topgan va zudlik bilan yetib kelgan marhumning tog‘asi yigitning bo‘ynida pichoqdan qolgan jarohatni ko‘rganini ma’lum qilgan. Hodisa tafsilotlari hali rasman e’lon qilinmagan bo‘lsa-da, dastlabki taxminlarga ko‘ra, o‘smirlar o‘rtasida qandaydir kelishmovchilik yuzaga kelgan bo‘lishi mumkin.

Marhumning yaqinlari hodisaning sabablarini to‘liq o‘rganib chiqish, jinoyatchi jazoga tortilishi va adolat qaror topishini istashmoqda. “O‘g‘lim hech kimga yomonlik qilmasdi. Bu nima sababdan sodir bo‘lganini bilishni xohlaymiz”, — deydi marhumning onasi.

Hozirda huquqni muhofaza qiluvchi organlar voqea yuzasidan tergov harakatlarini olib bormoqda. Rasman gumonlanuvchi yoki qo‘lga olingan shaxs haqida ma’lumot berilmagan.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *