Asosiy matnga o'tish
23-Noyabr, Dushanba
Texnologiya 1 daqiqa o'qish

BYD narxlarni «qulatdi», raqobatchilar xavotirda

BYD narxlarni "qulatdi", raqobatchilar xavotirda

Xitoy avtomobil sanoatida «narxlar urushi» avj olmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Mahalliy gigant BYD kompaniyasi o‘zining 22 ta elektr va gibrid modeliga 10 foizdan 34 foizgacha chegirmalar e’lon qilgani ortidan bozorda keng miqyosli narx pasayishlari kuzatildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Bu chegirmalar 2025-yil 30-iyungacha amal qiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

BYDning bu qarori boshqa yirik ishlab chiqaruvchilar, jumladan Geely, IM Motors va Leapmotorni ham o‘z mahsulotlari narxlarini pasaytirishga undadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Narx siyosati bo‘yicha boshlangan bu to‘lqin aksiyalarga ham ta’sir ko‘rsatdi: Li Auto, NIO va XPeng kabi kompaniyalar ulushlari pasaygan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Xitoy Avtomobil Ishlab chiqaruvchilari Assotsiatsiyasi bu holatni “shafqatsiz raqobat” deb atadi va narxlar urushi sanoatning umumiy rentabelligiga zarar yetkazayotganini ta’kidladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

«Great Wall Motor» rahbari Vei Jianjun esa holatni “Evergrande fojeasi arafasidagi muhit”ga o‘xshatdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Raqobatning haddan tashqari kuchayishi sanoatni beqarorlashtirayotgan bir vaqtda, Xitoy Sanoat va Axborot Texnologiyalari Vazirligi narxlar urushini jilovlash uchun choralar ko‘rishini ma’lum qildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Mazkur narx siyosati xalqaro bozorlarga ham ta’sir ko‘rsatmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ BYD Yevropa bozorida Tesla’ni ortda qoldirgan bo‘lsa-da, Yevropa Ittifoqi Xitoy elektromobillariga subsidiya tufayli yangi tariflar joriy qilishni ko‘rib chiqmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Bu esa BYDning xalqaro o‘sishiga to‘sqinlik qilishi mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Mavzuga oid

Texnologiya