Asosiy matnga o'tish
23-Noyabr, Dushanba
Texnologiya 1 daqiqa o'qish

Quyosh yaqinida “olovli qush” paydo bo‘ldi: bu Yerga xavf soladimi?

Quyosh yaqinida “olovli qush” paydo bo‘ldi: bu Yerga xavf soladimi?

2025-yil 24-may kuni LASCO teleskopi tomonidan Quyosh yaqinida g‘ayrioddiy obyekt — “qush” yoki “uchar kema”ga o‘xshash ulkan shakl tasvirga olindi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Bu haqda Rossiya Fanlar akademiyasi Kosmik tadqiqotlar institutining Quyosh astronomiyasi laboratoriyasi xabar berdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Teleskop tomonidan olingan tasvirda bu obyektning orqasida “olovli iz” ham ko‘rinadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Mutaxassislar bu obyekt «qanoti»ning uzunligi 150 000 kilometrga tengligini ta’kidlab, uning o‘lchami Yer diametridan 10 barobar katta ekanini bildirdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Obyekt Quyosh yuzasidan 2 million kilometr masofada joylashgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Mazkur tasvir ko‘plab qiziqishlarga sabab bo‘ldi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Ba’zilar hatto bu obyektni boshqa sayyoraliklar yoki boshqa nazariyalar bilan bog‘lashdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Shu sababli, olimlar hazil aralash tarzda «har qanday versiya va munozaralarga, shu jumladan o‘zga sayyoraliklar, plazmaviy hayot yoki fitna nazariyalariga ham ruxsat» deb bayonot berishdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Biroq ilmiy izoh ancha aniq va asosli.
Moskva Fizika va texnika universitetining katta ilmiy xodimi Yevgeniya Kravchenkoga ko‘ra, “olovli qush”ga o‘xshagan obyekt aslida Quyoshdan chiqqan zaryadlangan zarrachalar bulutidir.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Bu hodisa ilmiy til bilan aytganda — koronal massa chiqarilishi deyiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Bunday holatlar Quyoshda tez-tez sodir bo‘ladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

“Biz suratda Quyosh tojidan chiqqan issiq zarrachalar — protonlar, elektronlar va geliy yadrolarini ko‘ryapmiz.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Ular million darajagacha qizigan va Quyosh magnit maydonidagi faollik natijasida yuzaga kelgan,” — deydi Kravchenko.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Bu zarrachalar juda katta tezlikda fazoga uchib chiqadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Agar ular to‘g‘ridan-to‘g‘ri Yer tomon yo‘nalgan bo‘lsa, yerda qutb nurlari — auroralar paydo bo‘lishi mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Ammo bu safargi chiqarilish Quyoshning chekkasida sodir bo‘lgani sababli Yerga hech qanday xavf tug‘dirmaydi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

“Bunday hodisalar aynan hozirgi kabi Quyoshning faollik davrida ko‘p uchraydi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Biz hozir 11 yillik siklning eng yuqori bosqichidamiz,” — deb tushuntiradi olima.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Mavzuga oid

Texnologiya