Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

Madaniyat-san'at

Britni Spirs samolyotda ichkilik sababli tartibsizlik qildi

Gulhayo Naimova 24.05.20251 daqiqa o'qiladi
17

Mashhur qo‘shiqchi Britni Spirs Meksikadan AQShga uchayotgan tijorat reysida ichkilik ichgani va samolyot ichida sigaret yoqqani sababli muammoga uchradi. Bu haqda “TMZ” sayti xabar berdi.

Voqea Kabo San Lukas shahridan Los-Anjeles xalqaro aeroportiga yoʻl olgan reysda yuz bergan.

Guvohlarning aytishicha, Britni  samolyot havoda bo‘lgan vaqtda spirtli ichimlik iste’mol qilgan va shu paytda sigaret yoqqan.
Samolyot ekipaji uni darhol ogohlantirib, bunday harakatlar qoidalarga zid ekanini eslatdi. Har qanday parvozda sigaret chekish taqiqlangan, ayniqsa, yopiq joyda bu xavf tugʻdiradi.

Parvoz muammosiz yakunlangani aytilgan, biroq samolyot Los-Anjeles  aeroportiga qo‘nganidan so‘ng, ekipaj voqea haqida politsiyaga maʼlumot bergan.

Shundan so‘ng aeroportda huquq-tartibot organlari xodimlari Britni Spirsni kutib olgan.

TMZ maʼlumotiga ko‘ra, unga rasmiy ogohlantirish berilgan va bayonnoma tuzilgan. Hozircha jinoyat ishi ochilmagan.

Bu voqea Spirsning so‘nggi oylardagi shaxsiy hayotidagi notinchlik fonida sodir bo‘ldi.
Britni Spirs bu borada hali rasmiy izoh bermadi.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *