Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

  • Bosh sahifa
  • Jamiyat
  • Yangi avlod tashabbuslari va barqaror taraqqiyot” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazildi
Jamiyat

Yangi avlod tashabbuslari va barqaror taraqqiyot” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazildi

Gulhayo Naimova 20.05.20252 daqiqa o'qiladi
Pochta :16

20-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida “Yangi avlod tashabbuslari va barqaror taraqqiyot” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Tadbir Taʼlimni rivojlantirish ilmiy-metodik markazi, Yoshlar ishlari agentligi hamda Yoshlar muammolarini o‘rganish instituti hamkorligida tashkil etildi. Konferensiya “Talabalar festivali” doirasida o‘tkazildi.

Tashkilotchilarning aytishicha, anjuman yoshlarga oid davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari doirasida innovatsion, raqamli va ijtimoiy tashabbuslarni ilgari surish, shuningdek, yosh tadqiqotchilar, siyosatshunoslar va mutaxassislar o‘rtasida bilim va tajriba almashinuvi uchun platforma yaratish maqsadida tashkil etilgan.

Tadbirda mamlakatning barcha hududlaridan talabalar, professor-o‘qituvchilar, davlat idoralari va NNT vakillari, tahlilchilar hamda ommaviy axborot vositalari ishtirok etdi.
Ochilish marosimida Ta’limni rivojlantirish markazi direktori v.v.b. Yuliya Risyukova so‘zga chiqib, bunday konferensiyalar yoshlar salohiyatini ro‘yobga chiqarish va ilmiy-amaliy fikr almashuvini faollashtirishda muhim rol o‘ynashini ta’kidladi.

“Bugungi anjuman yoshlarning texnologiya, ta’lim, ruhiy salomatlik, ekologiya va ijtimoiy innovatsiyalar borasidagi faolligini chuqur tahlil qilish, dolzarb muammolarni aniqlash va ularning yechimiga ilmiy yondashuvlar ishlab chiqish uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qiladi,” — dedi u.

Konferensiya to‘rtta tematik seksiyada davom etdi:
— Ijtimoiy innovatsiyalar va ta’limdagi yangi yondashuvlar
— Yoshlarning salomatligi, ijtimoiy moslashuvi va ekologik faolligi
— Raqamli texnologiyalar va mediasavodxonlik
— Yashil iqtisodiyot va startaplarni qo‘llab-quvvatlash
Yoshlar ishlari agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Dilnozaxon Kattaxanova, mamlakatda 1,5 milliondan ortiq talaba tahsil olayotganini qayd etdi. “Bu raqamlar jamiyatda yetakchilar soni oshayotganini ko‘rsatmoqda. Bugungi anjuman amaliy takliflar orqali yoshlar siyosatini takomillashtirishda muhim rol o‘ynaydi,” — dedi u.

Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti Shahlo Turdikulova esa, barqaror taraqqiyot faqat iqtisodiy o‘sish emas, balki yoshlarning ilmiy va innovatsion salohiyati bilan ham bog‘liq ekani, O‘zbekiston yoshlari xalqaro miqyosda raqobatbardosh ekanini ta’kidladi.
Konferensiyada yoshlar siyosatini ilmiy asosda shakllantirish, startap va tadqiqotlar orqali barqaror rivojlanishga hissa qo‘shish, shuningdek, ilgari surilgan tashabbuslarni amaliyotga tatbiq etish yo‘llari muhokama qilindi.

Tadbir davomida 400 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar taqdim etildi. Ular maxsus to‘plam tarzida chop etilib, yoshlar siyosati va ta’lim sohasida faoliyat yurituvchi mutaxassislar uchun metodik qo‘llanma bo‘lib xizmat qilishi ko‘zda tutilgan.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *