Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

  • Bosh sahifa
  • Jamiyat
  • Turkiya aeroportida 3 nafar o‘zbekistonlik ayol 6 kg oltinni chegaradan olib o‘tmoqchi bo‘ldi
Jamiyat

Turkiya aeroportida 3 nafar o‘zbekistonlik ayol 6 kg oltinni chegaradan olib o‘tmoqchi bo‘ldi

Gulhayo Naimova 18.05.20251 daqiqa o'qiladi
100

Istanbul xalqaro aeroportida Chimkentdan kelgan o‘zbekistonlik 3 nafar ayol — B.A., A. D. va K.F.lar shubhali harakatlari sababli to‘xtatildi. Ularning yuklari tekshirildi, lekin hech narsa topilmadi.

Biroq rentgen apparati ularning bel sohasida g‘alati zichlik borligini ko‘rsatdi. Shundan so‘ng, ular rentgen tekshiruvi uchun hududga yaqin shifoxonaga olib borildi.

Tekshiruv natijasida ayollarning jinsiy a’zolarida metall jismlar borligi aniqlandi.
Gumonlanuvchilar ayol politsiyachilar nazorati ostida alohida xonaga olib kirilib, yashirilgan 120 dona bo‘lakdagi oltinlar ularning tanasidan chiqarib olindi.

Umumiy og‘irligi 6 kilo 28 gramm bo‘lgan bu oltinlar rasmiylarga topshirildi.
Hozirda bu ish bo‘yicha tergov davom etmoqda.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *