Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

  • Bosh sahifa
  • Jamiyat
  • Buxoroda madaniy meros obyektlari restavratsiyasiga 47 mlrd soʻmdan oshiq pul ajratiladi
Jamiyat

Buxoroda madaniy meros obyektlari restavratsiyasiga 47 mlrd soʻmdan oshiq pul ajratiladi

Muharrir 26.04.20251 daqiqa o'qiladi
Pochta :21

Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov mablagʻ ajratish boʻyicha farmoyishni imzoladi. Unga koʻra 8 ta madaniy meros obyektini restavratsiya qilish uchun 47 mlrd 300 mln soʻm mablagʻ ajratiladi.

Farmoyish 2025-yil 25-aprel kuni eʼlon qilingan.

Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasining Buxoro viloyati boshqarmasi (M.Abdiyev) ajratilgan mablagʻlarni maqsadli ishlatilishi hamda asossiz va noqonuniy xarajatlarning oldini olinishi ustidan nazorat oʻrnatilishini taʼminlaydi.

Farmoyish ilovasiga koʻra, “Ahmadjon” karvonsaroyiga 5 mlrd 610 mln soʻm, Gavkushon madrasasiga 6 mlrd 640 mln soʻm, Magʻoki Attori masjidiga 12 mlrd 190 mln soʻm, Sadriddin Ayniy teatriga 11 mlrd 390 mln soʻm ajratiladi.

Sharhlar yopiq