Joriy yilning 17 aprel kunidan 21 aprel kuniga qadar Toshkent shahrining Olmazor hamda Yunusobod tumanlarining ayrim hududlarida elektr energiyasida vaqtinchalik uzilishlar kuzatiladi.
2024-yil 17-apreldan 21-aprelgacha Toshkent shahrining Olmazor va Yunusobod tumanlarining ayrim hududlarida elektr energiyasi ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar kuzatiladi. Bu chora “Toshkent IES” va PS 110/6 kV “DOK” podstansiyalari o‘rtasidagi 110 kV quvvatga ega L-DOK-1 va L-DOK-2 havo elektr uzatish tarmoqlarini modernizatsiya qilish doirasida amalga oshiriladi.
Modernizatsiya ishlari xavfsizlikni ta’minlash va elektr yuklamasini teng taqsimlash maqsadida olib boriladi. Shu munosabat bilan soat 08:00 dan 18:00 gacha qisqa muddatli elektr uzilishlari bo‘lishi mumkin.
Olmazor tumanida elektr uzilishlari quyidagi obyektlarga ta’sir qiladi:
-
21-sonli oilaviy poliklinika, Ruhiy kasalliklar shifoxonasi, Kar-soqovlar jamiyati, 16- va 315-sonli maktablar, 4-, 20-, 39-sonli maktabgacha ta’lim muassasalari (MTM);
-
“Ahil”, “Elparvar”, “Ibrohim ota”, “Gulzor”, “Qorasaroy”, “Oltinsoy” (qisman), “Moyariq”, “Miskin” mahalla fuqarolar yig‘inlari (MFY);
-
Tadbirkorlik sub’yektlari: Muharram Trede XK, Medex Textile QK, Zelal Textile MChJ, New Castle XK, Musayev XK, Xaytmetov XK, Osiyo Batareya MChJ, Xaydarov XK, Akfa Building Materials XK, Rom Farm XK, Ijod-Ijod XK, Keramiks Plyus MChJ, Shinokotraktorg DP, Tashkent Mebel MChJ, Iran Karavan MChJ, Temir Yo‘llari XK.
Yunusobod tumanida elektr uzilishlari quyidagi obyektlarga ta’sir qiladi:
-
52-sonli oilaviy poliklinika, Kanalizatsiya nasos stansiyasi (KNS), 52- va 86-sonli maktablar, 502-MTM;
-
“Astrobod”, “Turkiston”, “Ming Chinor”, “Nurmakon”, “Sobirobod”, “Hamkorobod”, “Katta Hasanboy”, “Sharq Haqiqati”, “Registon”, “Yo‘lariq”, “Uch Qahramon” MFYlar;
-
Tadbirkorlik sub’yektlari: “Jahongir Servis” MChJ, Raupxon OAJ, “Toshkent Metro Qurilish” MChJ, Sanico Group MChJ, “Toshkent shahar suv ta’minoti” MChJ, “Toshkent Metropoliteni” DUK, “Biznes Daymond” MChJ, “Megatrans Presstij” XT, “Toshkent Issiqlik Markazi” MChJ, “Maxsustrans” ishlab chiqarish boshqarmasi UK.
Ta’mirlash ishlari belgilangan muddatdan oldin yakunlanishi mumkin.