Bank ilovalarida 16-noyabrdan yangi qoidalar: nimalar o‘zgaradi?
16-noyabrdan bank va to‘lov ilovalarida xavfsizlik qoidalari kuchaytiriladi. Telefon raqami egasi tekshiriladi, boshqa telefondan kirilganda kartalar vaqtincha o‘chadi, saytlar orqali kartadan kartaga pul o‘tkazish taqiqlanadi. O‘zgarishlar mobil ilovadan foydalanadigan barcha mijozlarga tegishli.
