Xalqaro arbitraj turkiyalik investorlar da’vosini to‘liq rad etdi
ICSID xalqaro arbitraj tribunali turkiyalik investorlarning O‘zbekistonga qarshi barcha talablarini rad etdi. Adliya vazirligining ma’lum qilishicha, tribunalning 26-oktabrdagi qarori taraflar uchun yakuniy hisoblanadi. Nizo besh yildan ortiq davom etgan.
