Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 839.59 +6.22 EUR 13 569.35 −8.26 RUB 140.42 +0.63

O‘zbek futbolida yangi tajriba joriy etildi

acc9511726636b3e274303102f63c451

O‘zbekiston kubogi yarim finalidagi “Paxtakor” – “Dinamo” uchrashuvida ilk bor bosh hakam VAR tekshiruvidan keyingi yakuniy qarorini butun stadion bo‘ylab e’lon qiladi. 

 

Bu tartib FIFA tomonidan 2023 yildan boshlab xalqaro maydonda amaliyotga kiritilgan. Maqsad — stadiondagi muxlislar va televideniye orqali kuzatayotgan tomoshabinlarga hakamning qarorini yanada aniq va ochiq tarzda tushuntirishdir.

 

Hakam qarorining e’lon qilinishi Yevropa va jahon arenalarida sinovdan o‘tgan bo‘lib, futbol o‘yinlarida shaffoflikni oshirishda samarali vosita sifatida e’tirof etilmoqda.

 

Endi ushbu tajriba O‘zbekistonda ham ilk bor test rejimida sinovdan o‘tkaziladi.