Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

Jamiyat

Farg‘onada bir lahzalik eʼtiborsizlik oʻlimga sabab boʻldi

Gulhayo Naimova 02.08.20251 daqiqa o'qiladi
2332

Farg‘ona viloyatining Yoyilma qishlog‘ida 36 yoshli haydovchi “Nexia” avtomobilida 64 yoshli ayolni urib yubordi. Ayol yo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tayotgan vaqtda to‘qnashuv yuz bergan.

Haydovchi jabrlanuvchini zudlik bilan kasalxonaga olib borgan. Biroq shifokorlarning sa’y-harakatiga qaramay, ayol olgan tan jarohatlari tufayli vafot etdi.

Holat yuzasidan tergov ishlari boshlangan. Haydovchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Avvalroq Surxondaryo viloyatida “Gentra” avtomobili beton to‘siqqa urilishi oqibatida to‘rt nafar voyaga yetmagan o‘quvchi halok bo‘lgan edi. Mashinani 17 yoshli maktab o‘quvchisi boshqargan bo‘lib, u avtomobilni faqat yuvish uchun vaqtincha olgan, biroq ruxsatsiz boshqarib chiqib ketgan. YTH oqibatida faqat o‘zi tirik qolganligi aytilgandi.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *