Ijtimoiy tarmoqlarda “Musordan qarzi borlar elektrdan uzilyapti” sarlavhali xabar e’lon qilinmoqda. Tarmoqlardagi ushbu sarlavha mutlaqo noto‘g‘ri talqin qilib yozilgan.
Chiqindidan qarzi bor iste’molchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri elektr ta’minotidan uzilmaydi. Aksincha, chiqindidan qarzdor iste’molchilar “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning “2100” qisqa raqamidan “SMS” xabarnoma orqali ogohlantirilgandan keyin 5 kun ichida qarzdorlik bartaraf etilmasa, ushbu abonentning elektr energiyasi uchun to‘lov qilish imkoniyatiga vaqtincha cheklov o‘rnatiladi.
Iste’molchi tomonidan chiqindidan qarzdorlik bartaraf etilishi bilanoq vaqtinchalik cheklov darhol yechiladi.
Shuningdek o‘qing:
— Toshkentda elektr ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar bo‘ladi
— Soliqdan eng ko‘p qarzi bor qurilish kompaniyalari ma’lum qilindi
— O‘zbekiston davlat qarzi 42,4 mlrd dollarga yetdi
