Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 839.59 +6.22 EUR 13 569.35 −8.26 RUB 140.42 +0.63

Toshkent metrosida bir kishi sabab vagondagi barcha yo‘lovchilar tushirildi

rkomstsrd

Joriy yilning 16-dekabr kuni soat 16:23 da “Mustaqillik maydoni” bekatidan “Paxtakor” bekati tomon harakatlanishi belgilangan 16-sonli harakat tarkibi yo‘lovchilarni qabul qilib, eshiklarini yopayotgan vaqtda yo‘lovchilardan biri, vagonga kirish maqsadida, uni ochishga uringan.

 

Natijada eshikni himoya qiluvchi qurilma mexanizmi ishdan chiqqan. Mashinist vaziyatni zudlik bilan bartaraf etganiga qaramasdan, yuzaga kelgan nosozlik keyingi bekatga yetmasdan qayta takrorlangan. Shundan so‘ng mashinist, yo‘lovchilarni bekatga tushirib, harakat tarkibini elektrodepoga olib ketgan.

 

“Toshkent metropoliteni” DUK yo’lovchilardan metropoliten obyektlarida xavfsizlik talablariga rioya etishni va metro mulkiga ziyon yetkazmasligni so’radi.