Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 903.15 −62.36 EUR 13 329.15 −108.12 RUB 146.75 +0.79

Andijonda 42 yoshli ayol qotillik qurboni boʻldi

IMG 20250705 111730 523

2025-yilning 4-iyul kuni soat 09:30 larda Andijon shahrida yashovchi 1977-yilda tug‘ilgan fuqaro D.A. o‘z turmush o‘rtog‘i — 1982-yilda tug‘ilgan M.D. bilan O‘rikzor mahallasida yuz bergan oilaviy janjal vaqtida xo‘jalik pichog‘i bilan uning bo‘yin qismiga zarba bergan. Ayol voqea joyida vafot etgan.

Jinoyat sodir etilgach, D.A. hodisa joyidan yashiringan. Mazkur holat yuzasidan Andijon shahar prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Andijon IIB ma’lumotiga ko‘ra, gumonlanuvchini aniqlash va ushlash maqsadida tezkor-qidiruv tadbirlari tashkil etilgan. Olib borilgan chora-tadbirlar natijasida D.A. Andijon viloyati Oltiariq tumanining Ko‘makay mahallasida kechasi xizmatda bo‘lgan huquqni muhofaza qiluvchi xodimlar tomonidan aniqlanib, qo‘lga olingan.

Hozirda gumonlanuvchi protsessual tartibda qamoqqa olingan. Tergov-surishtiruv harakatlari davom etmoqda, deyiladi bayonotda.