Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

  • Bosh sahifa
  • Jamiyat
  • Samarqandda nazorat inspeksiyasi bosh mutaxassisi pora olayotgan vaqtda qo‘lga olindi
Jamiyat

Samarqandda nazorat inspeksiyasi bosh mutaxassisi pora olayotgan vaqtda qo‘lga olindi

Gulhayo Naimova 05.07.20251 daqiqa o'qiladi
67

Texnik jihatdan tartibga solish sohasida faoliyat yurituvchi nazorat inspeksiyasining viloyat bo‘limida bosh mutaxassis lavozimida ishlovchi shaxs pora olayotgan vaqtda DXX xodimlari tomonidan qo‘lga olindi. Bu haqda huquqni muhofaza qiluvchi organlar xabar berdi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, mutaxassis Paxtachi tumanidagi xususiy g‘isht ishlab chiqaruvchi MChJda o‘tkazilgan tekshiruv vaqtida 226 million so‘mlik sifatsiz mahsulot ishlab chiqarilganini aytib, tekshiruv hujjatlarida jarimani 25 million so‘mgacha kamaytirish evaziga 3 000 AQSh dollari talab qilgan.

Tezkor tadbir vaqtida u o‘z xizmat xonasida 2 500 AQSh dollari miqdorida pora olayotganida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda ushbu mansabdor shaxsga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v” bandi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *