Toshkent shahri, Sergeli tumanidagi ko‘p qavatli uylardan birida 10 oylik qizaloq 9-qavatdan qulab tushib, halok bo‘ldi. Bu haqda “Millar” dasturi xabar berdi.
Guvohlarning aytishicha, bolaning ota-onasi eshikni ochiq qoldirib uxlab qolgan. Tonggi soat 7:00 atrofida qizaloq emaklab yo‘lakka chiqqan va zinapoya atrofidagi panjaraning ochiq qolgan qismidan pastga qulab tushgan.
Qo‘shnilaridan biri hodisa sodir bo‘lgan paytda ko‘chada bo‘lganini, qattiq shovqindan so‘ng yo‘lakka chiqqanida, yerda yotgan bolani ko‘rib qolganini bildirgan.
Hodisa yuzasidan tegishli idoralar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.