Qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan joriy yilning 3-iyul kunidan boshlab Yashnobod tumanidagi Ohangaron shoh ko‘chasida transport vositalari harakati vaqtincha to‘xtatiladi.
Yopiladigan qism: TXAY-Ohangaron shoh ko’chalari aylanma harakatidan – Ohangaron shoh ko’chasi bo’ylab Sharq YPX maskanigacha bo’lgan qismi.
Ishlarni bajarish muddati: 2025-yil 3-iyul kunidan 10-iyul kuniga qadar davom etadi.
Haydovchilarga muqobil yo‘nalishlardan foydalanib, Xusayn Boyqaro, Parkent yo’li, Xonobodtepa, Shoximardon ko’chalaridan harakatlanishlari tavsiya etiladi.
Eslatib o’tamiz,kuni kecha aynan shu yo’l vaqtinchalik yopilishi sabab, katta tirbandliklar yuzaga kelgandi.