Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 897.90 +51.33 EUR 13 336.36 +95.45 RUB 140.18 +1.23

Toshkentda Rоhat aylanmasi yopilishi ortidan katta tirbandlik yuzaga keldi

49816

Toshkent shahrida Rоhat aylanmasining yopilishi ortidan yo‘l harakati keskin murakkablashdi. Ayni paytda Qo‘yliq ko‘prigi va Farg‘ona yo‘li atrofida yuzaga kelgan tirbandlik haydovchilarni qiynamoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda ko‘rinishicha, 2–3 kilometr masofani bosib o‘tish uchun haydovchilarga 1 soatgacha vaqt ketmoqda.

Mahalliy aholining aytishicha, bu darajadagi tirbandlikni oldin kuzatishmagan. Yo‘lovchilar va haydovchilar masʼullardan muammoni imkon qadar tez hal etishni so‘rashmoqda.