Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 911.71 −29.94 EUR 13 319.67 −63.34 RUB 146.49 −1.16

«City Football Group» O‘zbekistonda klub sotib olishni rejalashtirmoqda – Otabek Umarov

"City Football Group" O‘zbekistonda klub sotib olishni rejalashtirmoqda – Otabek Umarov

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasida davom etayotgan tadbirda Otabek Umarov City Football Group O‘zbekistonda futbol klubini sotib olishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi. Shuningdek, yana bir o‘zbekistonlik futbolchining “Manchester City” safiga qo‘shilishi kutilayotgani bildirildi.

City Football Group — bu “Manchester City” va bir nechta boshqa klublarga egalik qiluvchi yirik kompaniya bo‘lib, uning deyarli barcha qit’alarda klublari mavjud.

Umarovning aytishicha, “City” rahbariyati Husonov effekti haqida ijobiy fikrda. Chunki Husonovning transferi rasmiy sahifalarda yuqori ko‘rsatkichlarni qayd etishga sabab bo‘lgan. Shu bois, tomonlar o‘rtasida yangi hamkorlik yo‘nalishlari o‘rganilmoqda.