Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

Jamiyat

Qashqadaryolik 2,5 yoshli qizaloq xususiy bog’chada vafot etdi

Nilufar Qobilova 26.06.20252 daqiqa o'qiladi
170

Qashqadaryo viloyati Koson tumanidagi nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasida 2,5 yoshli qizaloqning vafot etgani yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Holat bo‘yicha sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan, deya xabar bermoqda Respublika Bosh prokuraturasining matbuot xizmati.

Maʼlum boʻlishicha, hodisa Ushoqtepa mahallasidagi xususiy bogʻchada sodir boʻlgan. 2,5 yoshli qizchani nodavlat MTT rahbari ertalab bogʻchaga olib ketgan. Koʻp oʻtmay uning yaqinlariga qizaloqning tobi boʻlmay qolgani haqida xabar berilgan.

Ta’kidlanishicha, bola mashinada qolib, dimlanib nobud boʻlgani aytilmoqda. Bolalarni bogʻcha rahbari oʻzi har kuni Spark mashinasida uydan bogʻchaga, bogʻchadan uyga tashigan. Oʻsha kuni ham bogʻchaga u mashinada olib ketgan.

Qizning buvisi oʻsha paytda mashinada 7-8 nafar bola boʻlganini aytgan.U bergan intervyusida shunday degan:

“Onasi bilan poliklinikaga bordik. Shifokorlar ‘bolada hayot nishoni yo‘q deyishdi va u ekspertizaga olib ketilganini aytishdi. Bizga bola mashinada qolib, dimlanib vafot etgan deyishdi. Hozircha hech kim bizni chaqirgani yo‘q.”

Qizaloqning otasi ayni vaqtda Rossiyada ekani ta’kidlangan.

Respublika Bosh prokuraturasining rasmiy vakili Xayot Shamsutdinov holat bo‘yicha bayonot berib, quyidagilarni ma’lum qildi:

“Marhuma qizning o‘lim sababini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan. Tekshiruv harakatlari har tomonlama, to‘liq va xolisona olib boriladi hamda natijasi bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinadi.”

Shuningdek, marhumaning yaqinlariga chuqur ta’ziya bildirildi.

 

 

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *